Parkentda "Somsa sayli" boʻlib oʻtmoqda

E’lon qilingan sana· 275
Parkentda "Somsa sayli" boʻlib oʻtmoqda

Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida bahoriy taomlar festivali — “Somsa sayli” oʻtkazilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Travel” xabar bermoqda.

Tadbir 20-aprel kuni boshlanib, 20-mayga qadar davom etadi, sayilda somsaning turli xillari hamda sumalak va halim kabi milliy taomlar tortiq etiladi.

Ta’kidlanishicha, mashhur xonandalarning konsert dasturlari ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sayilda bolajonlar uchun turli attraksionlar ham o‘rnatilgan. Dastur davomida dorbozlar tomonidan hayajonli dor o‘yinlari ham namoyish etilishi kutilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ